Gan, Xan (Halm) Otto

Gan, Xan (Halm) Otto (1879.8.3, Frankfurtmayn — 1968.28.7, Gyottin- gen) — nemis fizigi va radiokimyogari. Asosiy ilmiy ishlari radioaktivlik, yadro kimyosi va yadro fizikasiga oid. Bir qancha izotoplarni va yangi radioaktiv element-protaktiniyni (avstriyalik Fi- zik L. Maytner b-n hamkorlikda) kashf etgan; birinchi bo’lib tabiiy radioaktiv elementlarda yadro izomeriyasini ochgan (1921). Geologik jinslarning yoshini va kristallarning hosil bo’lish jarayonla- rini aniqlashda radioaktiv usullarni qo’llagan; neytronlar ta’siri osti- da uran yadrolarining parchalanishini topgan (nemis fizigi F. Shtrasman b-n hamkorlikda, 1938). Bu kashfiyot yadro energiyasidan foydalanishda dastlabki qadam bo’ldi. Nobel mukofoti laureate (1944).