GANDASOY

GANDASOY — Qashqadaryo viloyati, Yakkabog’ tumanidagi soy. Yakkabog’daryoga chapdan quyiladigan Sho’rsoyning irmog’i. Boysun tog’ining shimoliy-g’arbiy yon bag’irlaridan oqib tushuvchi 10 ga yaqin mavsumiy suv oqadigan irmoqlarning qo’shilishidan hosil bo’ladi. Uzunligi 10 kilometr. Qor, yomg’ir suvlaridan to’yinadi. Gandasoyda asosan bahor oylarida suv oqadi.