Ganglioblokatorlar, gan- gliolitiklar, ganglioplegik dorilar

Ganglioblokatorlar, gan- gliolitiklar, ganglioplegik dorilar — asosan vegetativ gangliylarda nerv qo’zg’alishining sinapsdai o’tishini Su- saytiradigan moddalar. G. simpatik va parasimpatik gangliylarda bir neyron- dan ikkinchi neyronga impuls o’tishini susaytiradi, natijada arterial to- mirlarda qon bosimi pasayadi, Perife- rik tomirlarda (mas, oyoq tomirlarida) qon yurishi tezlashadi, me’dadan shira chiqishi kamayadi, me’da-ichak harakati susayadi va h.k. Bunday dorilarga Ben- zogeksoniy, pentamin, pirilen va sh.k. kiradi. G. periferik qon tomirlar Spaz- mida (obliterasiyalovchi endarteriit), gipertoniya krizi, kauzalgiya, me’da yara- si, bronxial astmaning ba’zi xillari va b. hollarda qo’llaniladi.