GANGLIY

GANGLIY (Yunoncha ganglion — tugun) — 1) nerv tuguni; nerv hujayralari, tolalari va ular atrofidagi to’qimalar to’plami. Vegetativ nerv sistemasida ko’proq, bosh miya va orqa miyada kamroq bo’ladi; 2) bo’g’im xaltasi devori yoki pay qinining o’zgarishi natijasida paydo bo’ladigan va ichida liqildoq moddasi bo’lgan shish. Ko’proq bilak-panja bo’g’imining orqa (dorsal) tomonida uchraydi. Pianino chaluvchi, kir yuvuvchi, mashinkada yozuvchi kishilarda (erkaklarga nisbatan ayollarda ko’proq) kasb kasalligi sifatida uchrab turadi. No’xatdan yong’oq kattaligigacha bo’ladi. Gangliy bor odamning Bilagi yoki boldiri ko’pincha ish oxirida qaqshab og’riydi. Gangliy o’z-o’zidan yo’qolib ketishi yoki uni jarrohlik yo’li bilan olib tashlash mumkin.