Ganja-Qorabog’, Ganjiy Qorabox

Ganja-Qorabog’, Ganjiy Qorabox (joy nomidan) — ikki qismdan iborat Xorazmcha (raqsbop) lirik qo’shiq. Birinchi qismi 3/4 o’lchovidagi vazminroq doyra usulida, ikkinchi qismi esa undan jonliroq 6/8 o’lchovidagi Xafif usuli- da ijro etiladi. Lapar yo’lidagi g.-Q. ning cholg’u va ashula yo’llari, ayniqsa Tamaraxonim ijrosida mashhur bo’lgan. Bularni kompozitor M. Burhonov yaxlit asar tarzida «go’zal qizga» nomi b-n jo’rsiz xor uchun qayta ishlagan. «Laz- gi», «aytsammi, yo aytmasam», «Qurbon o’lam» ashulalari qatori Xorazm vohasi musiqa uslubi Kavkaz xalqpari (Ozar- bayjon, Dog’iston) musiqasi b-n o’zaro yaqinligini va ijodiy ta’sirini ifo- dalaydi.