Gansu
Gansu — Xitoyning shim.- g’arbidagi provintsiya. Mayd. 366,5 ming km2. Axrlisi 22,4 mln. kishidan ziyod (1990-y.lar o’rtalari). Ma’muriy Mar- kazi — Lanchjou. Relefi, asosan, tog’lik. Iqlimi kontinental. Yillik yogin 150-400 mm, Jan.-sharqida 600 mm gacha. Aksari qismi tog’Dashti va tog’chuli landshaftlaridan iborat. G. asosan dehqrnchilik rni. Xuanxe Daryo- sining yuqori oqimida sug’orib ekila- digan dehqonchilik qadimdan rivoj- langan. G. maydonining 11% ekinzor. Bug’doy, tariq, gaolyan, makkajo’xori, arpa, qand lavlagi, tamaki, paxta eki- ladi. Chorvachilik rivojlangan (qo’y, qoramol, qo’tos, tuya, yilqi boqiladi). Yuymin atroflarida neft chiqariladi va qayta ishlanadi. Ozroq tosh-ko’mir, mis va temir rudalari qazib chiqariladi. Kimyo va metallsozlik sanoati korxona- lari bor. G. hududi mil. AV. 3-2-a.larda xitoyliklar tomonidan egallangan. G. provintsiya sifatida 13-a.da Tsin’yuan, Linchjao va Fin viloyatlarining birla- shuvidan vujudga kelgan.