Gap

Gap — do’st-tengqur, hamkasblar urtasida navbat b-n utkaziladigan ziyo- Fat, mehmondorchilik, suhbatli kechalar. G. ishtirokchilari eng kupi b-n 20-25 yoki eng ozi 6-12 kishidan iborat «bir to’p», «bir jo’ra» bulib uyushadilar, ularning har biri «jo’ra», «ulfat» deb nomlanadi. G. Toshkent, Sirdaryo vilo- yatlari, Farg’ona vodiysida «gap», «na- VBAT», O’zbekistonning Jan. viloyatla- rida «gashtak» (ayrim joylarda «gapi gashtak»), Qashqadaryo viloyatining ba’zi joylarida «xalfana», Xorazm viloyatida «qator ziyofat», «utirishma», «gurung», nomlari b-n ham ataladi. G. Majli- si ma’lum kasb egalari, hunarmandlar yoki hammahalla tengqurlar o’rtasida utkazilgan. Kosiblar, otboqar, arava- kash, meshkob, buyoqchi, duradgor va h.k. alohida-alohida to’plarga uyushgan. O’tmishda O’rta Osiyoda madaniy hordiq muassasalari bo’lmaganidan g. dam olish va vaktni ko’ngilli o’tkazishning bir turi bo’lgan. G. majlislari yo navbat b-n yoki o’rtada mablag’to’plab o’tkazilgan. O’rtada mablag’to’plab ziyofat eyish «to’kma» deb atalgan va, odatda, kech kuz- dan to bahorgacha har kuni o’tkazilgan. Tukma boy tabaqalar orasida (Chirchiq- Ohangaron, Farg’ona vodiylari) kuproq tarqalgan edi. G. navbati kelgan jura mehmonxonaga ziyofat masalliqlarini to o’ginigacha olib kelgan. Taomlarni tayyorlash uchun jo’ralar orasidan 2-3 kishi oshpazlikka belgilangan. G.da suhbat, o’yin, ashulalar bo’lib, odobdan tashqari gap-so’z bo’lmagan. Kecha davo- mida askiyabozlik, she’rxonlik, turli mavzularda shirin suhbatlar o’tkazilgan. G.da jo’ralarning soni bir mavsum uchun o’zgarmay qolgan. Ba’zi joylarda esa to’p tarkibi yildan-yilga o’zgarishsiz davom etgan. Bir to’pda g. egan jo’ralar har qanday ishda bir-birlariga yordam berganlar, dehqonchilik ishlari, imo- rat qurish. to’y, aza, quvonch va musibatda hamkor va hamdard bo’lganlar. G. berish o’zbek, tojik hamda ularga yaqin joylar- da yoki aralash yashovchi qozoq, qirg’iz va uyg’urlar orasida ham tarqalgan.