GAP BO’LAKLARI
GAP BO’LAKLARI — gap tuzilmasida muayyan so’roqqa javob bo’lib, ma’lum bir sintaktik vazifani bajaruvchi so’z va so’z birikmalari. Gap bo’laklari gap tuzilmasidagi ahamiyatiga ko’ra quyidagi 2 asosiy turga ajraladi: 1) bosh bo’laklar — gapning predikativ asosini tashkil etuvchi ega va kesimdan iborat bo’ladi; 2) ikkinchi darajali bo’laklar — bosh bo’laklar bilan yoki o’zaro bir-birlari bilan tobe aloqada bo’ladi, hokim bo’lak ma’nosini aniqdab, to’ldirib, izohlab keladi hamda asosiy xususiyatlariga ko’ra aniqlovchi, to’ldiruvchi va holga bo’linadi.