GARDENIYA
GARDENIYA (Gardenia) — ro’yandoshlar oilasiga mansub doim yashil butalar turkumi. Barglari yaxlit, etli, yaltiroq, qarama-qarshi joylashgan. Gullari xushbo’y, oq, sarg’ish yoki binafsha rang, shoxlarining uchida yoki barg qo’ltig’ida joylashgan. Gultoji karnaysimon, 5-9 bo’lakli. Rezavor meva tugadi. 250 tacha turi bor, asosan tropik zonalarda o’sadi. Ba’zi turlari, masalan, qatma- qat gulli Gardeniya (Gardeniya florida), tsitriodora Gardeniya (Gardeniya Citriodora) xushbo’y va manzarali o’simlik sifatida xonalarda o’stiriladi.