GARDISH

GARDISH — 1) buyumning aylanma sirti, doirasi. Masalan, g’ildirak Gardishi; 2) badiiy miskarlikda keng qo’llaniladigan naqshlardan biri. Gardish barkash, lagan kabi buyumlarning ichki yuzasi chetiga chizilgan doiralardan iborat bo’lib, ularning oralariga naqsh solinadi; 3) ko’chma ma’noda: taqdir. Masalan, falak Gardishi;