GARLEM

GARLEM, Xarlem — Niderlandiyadagi shahar, shimoliy Gollandiya provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 149 mingdan ziyod kishi (1990-yillar o’rtalari). Shimoliy dengiz bo’yidagi port. Metallsozlik, mashinasozlik, to’qimachilik, trikotaj, parfyumeriya, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Tashqi bozorga gul (Lola, narsis, gulisumbul) chiqaradigan rayonning markazi. Muzeylar va 14-17-asrlarga oid me’moriy yodgorliklar bor.