GARMO MUZLIGI

GARMO MUZLIGI — Pomirdagi muzlik. Vaxshning chap irmog’i Obixingov va Panjning o’ng irmog’i Vanch daryosining boshlanish qismida (Tojikiston Respublikasi). Uzunligi 30,4 kilometr, eni qariyb 2 kilometr, maydoni 115 kilometr kvadrat. Chuqur vodiyda joylashgan. Muzlikning uchi 2980 metr balandlikda, muzlik tili morena bilan qoplangan.