Garmsel

Garmsel (toj. garm — issiq, sel — oqim) — issiq quruq shamol. G. O’rta Osiyodagi mahalliy shamollardan biri, asosan Kopetdog’oldida, G’arbiy Tyan- shanda va tog oldi tekisliklarida esadi. Havo massasining atom bosimi yuqori bo’lgan zonadan intensiv ko’chishi nati- jasida hosil bo’ladi. Jan. va Sharkdagi tog’massivlari havo massalarining go- rizontal harakatiga to’sqinlik qiladi. Shuning uchun yakinlashayotgan front to- mon harakatlanayotgan havo yuqori qatlam havosi b-n almashadi. Havo massasining bevosita tog’lar ustida pasayib boradi- gan bu harakati yon bag’ridan pastga va vodiyga qarab esadigan fyon (tog’li joy- larda esadigan issiq quruq shamol) tusi- ni oladi. G.ning tezligi turlicha: engil shabadadan juda kuchli shamol (shtorm) tezligi (0,2 m/s — 25 m/s) gacha bo’lishi mumkin. Iliq havo massasining past- ga tushishi tufayli havoning er ustki qatlami t-rasi keskin ko’tarilib, 40° dan ham oshadi, nisbiy namligi esa ancha kamayadi. Balandlikdagi havo qatlamlari qancha issiq va quruq bo’lsa, ular qancha katta balandlikdan tushsa, er yuzasiga etib kelganda ularning t-rasi shu qadar yuqori, namligi esa kam bo’ladi. O’rta Osiyo hududi g. tez-tez esib turadigan r-nga kiradi. G. ko’p esadigan r-nlar: Qizilarvot, Taxtabozor, Chorshanga, Quyi Panj, Xo’jand, Ko’korol va b. G. Buxoro, Samarkand, Sirdaryo, Toshkent viloyat- larida tez-tez esib turadi. Farg’ona vo- diysida kamroq kuzatiladi. G. yilning hamma fasllarida esishi mumkin, lekin yoz yaqinlashgan sayin g. takrorlanishi ortib boradi. Tuprog’i quruq bo’lgan joylarda g. esganda Sharqiy shamol- ning tezligi ortishi b-n to’zonli bo’ron paydo bo’ladi. G. qurg’oqchilikning ta- krorlanishiga sabab bo’ladi. G. bahor va ezda q. x. o’simliklariga katta zarar etkazadi. Quruq issiq shamol tufayli transpirasiya va yalpi bug’lanish kuchaya- Di; issiq qum va chang o’simlik tanasini jarohatlaydi, natijada o’simliklarda suv balansi buziladi va ularning ay- Rim qismlari quriydi va o’ladi, meva- lari rivojlanmay qoladi; ayniqsa yosh novdalar, qotmagan boshoqlar, g’o’zaning shonasi, guli va ko’saklari zararlanadi. Uzoq esadigan g. aynqiksa xavflidir. G.ning zararli ta’sirini kamaytirish maqsadida dala atrofiga ihota daraxt- lari o’tqaziladi, sug’orish tuproq na- mini saqlab qolishga yordam beradigan tadbirlar b-n birgalikda amalga oshi- riladi. G. singari shamollar O’rta Osi- yodan boshka joylarda ham uchraydi (mas, Misrda «xamsin», Arabiston ya.o.da «sa- mum», Jazoirda «sirokko» deb ataladi). Svetlana Chanisheva, Hamid Abdullaev.