GARNITURA

GARNITURA, to’plam (Fransuzcha qarniture) — muayyan maqsad uchun mo’ljallangan narsalar yig’iidisi: 1) mebel Garniturasi (garnitur) — vazifasi jihatidan umumiy bir maqsadga qaratilgan (zal, oshxona, yotoqxona yoki kabinetni jihozlash uchun zarur bo’lgan) mebellar majmui; 2) kiyim-kechak Garniturasi — ayollarning ichki yoki ustki kiyimlari to’plami; 3) shrift Garniturasi — bosmaxonada harf terish uchun zarur materiallar, bunday Garnitura shrifti o’lchamlari (kegli) har xil bo’lishi mumkin, lekin qiyofasi (to’g’ri, kursiv va boshqalar) bir xil bo’lishi kerak.