GARVARD ASTRONOMIYA RASADXONASI

GARVARD ASTRONOMIYA RASADXONASI — Garvard universitetinint i. t. muassasasi. 1839 y.da qurilgan, 1955 y.da Kembrijdagi Smitson astrofizika rasadxonasiga birlashtirilgan. G. a. r. meteorlarni fotografik usulda kuza- tish, o’zgaruvchan yulduzlar va metagalak- tikani o’rganish, kosmologiya va b. ishlar b-n shug’ullanadi. Asosiy asboblari: 1,5 m li reflektor, 60 va 80 mm li Shmitd teleskopi, 18 mm li radioteleskop va b. Rasadxonada ko’p yillar davomida olin- gan yarim milliondan ortiq fotosurat- lar saqlanadi. G. a. r. tarkibiga: un-tning o’zida joylashgan astronomiya rasadxona- si (1844 y.dan). Boston, Klaymaks (AQSh, Kolorado shtati) va Blumfonteyn (JAR) da joylashgan astronomiya va meteorlar- ni kuzatish st-yalari kiradi.