GATAULIN RADION
GATAULIN RADION (1965.23.11, Toshkent) — yengil atletikachi, jahon chempioni (1994). Xizmat ko’rsatgan sport ustasi (1988). Langar bilan sakrashda bir necha bor O’zbekiston, sobiq Ittifoq va Yevropa chempioni (1982, 1983, 1986, 1989, 1990, 1994). 24-Olimpiya o’yinlari (Seul, 1988)ning kumush medali sovrindori (5 metru 85 santimetr). Yopiq zallarda 6,0 metr va 6,02 metr balandlikdan sakrab jahon rekordi o’rnatgan (1989).