GATCHASOY

GATCHASOY — Navoiy viloyati Nurota tumanidagi soy. Gatchasoy Nurota tog’ tizmasining uncha baland bo’lmagan shimoliy g’arbiy yon bag’irlaridan oqib tushuvchi 8 ta mayda irmoqning qo’shilishidan hosil bo’ladi. Uzunligi 18 kilometr. Quyi qismi Qizilcha qishlog’idan 5 kilometr shimoli- g’arbda qumliklarga singib tugaydi. Gatchasoy havzasida yog’in kam yog’adi, shuning uchun o’zani ko’pincha quruq bo’ladi, bahorgi kuchli jala yomg’irlar paytidagina suvi ko’payadi.