Gaubitsa
Gaubitsa (Chex. houfnice — toshotar) — harbiy (dala) artilleriya tarkibiga kiruvchi 100 mm va undan ortiq kalibrli artilleriya kuroli. U 65° burchak hosil qilib, yuqoriga va ochiq joylardagi ni- shonga otishga, shuningdek yopiq (tran- Sheya, kuzatuv punktlari va b.) hamda dala mudofaa inshootlari (blindaj, pana joylar, yopiq transheyalar va b.)ni o’qqa tutishga mo’ljallangan. G. stvoli (nili) kaltaligi, o’qi uzoqqa bormasligi (17 km dan oshmaydi), tezotarligi (minutiga 1-6 gacha otishi) b-n oddiy zambaraklar- dan farqqiladi (yana q. Zambarak).