GAVAYI OROLLARI

GAVAYI OROLLARI, Sandvich orollari — tinch okeandagi arxipelag. Orollar 3600 kilometrga cho’zilgan 24 ta vulkan orolidan iborat. Balandligi 4205 metr. (Mauna-Kea uchgan vulkani). Eng yirik orollari: Gavayi, Maui, Molokai, Oaxu va boshqalar. Harakatdagi vulkanlar ko’p. Iqlimi tropik dengiz iqlim. Eng issiq oy — avgustning o’rtacha temperaturasi 21— 25°, Fevralniki 18—2G. O’rtacha yillik yog’in 3500-4000 millimetr. Daryolari kalta. Tuprog’i qizil, qizil-qo’ng’ir, tog’larda tog’-o’rmon qo’ng’ir tuproq. Nam tropik o’rmonlar, quruq yon bag’irlar esa savanna va butazorlar b-n qoplangan. 90% o’simligi endemik. Turizm va dam olish zonasi; iqlim kurortlari mavjud.