GAYKA
GAYKA — 1) mashina va mexanizmlarning qismlarini bir-biriga mahkamlashda ishlatiladigan detal; vint yoki boltga burab kiritiladi. Gayka ichi rezbali, sirti olti yoki to’rt qirrali va dumaloq bo’ladi. Tojsimon va quloqli Gaykalar ham bor. Gaykaning o’lchamlari, odatda, standartlardan olinadi, lekin balandligi 0,8 d dan kichik bo’lmasligi kerak (d — Bolt yoki vintdagi rezbali qismning tashqi diametri). Gayka po’lat, rangli metall va polimerlardan tayyorlanadi. Avval tokarlik stanoklarida dumaloq yoki qirrali material qirqib olinadi, so’ngra tegishli stanoklarda unga rezba ochiladi; 2) vintli mexanizmlarda vintning aylanma harakatini boshqa detal va uzellarning ilgarilama harakatiga aylantirib beradigan detal. Masalan, domkratda shunday Gayka bor.
O‘xshash so‘zlar
- Gayka
- GAYMANOV MOZORQO’RG’ONI
- GAYMOR BO’SHLIG’I
- Gaymorit
- Gaz analizatori
- Gaz analizi
- GAZ ANIQLAGICH
- GAZ BALLONLI AVTOMOBIL







