GAYMANOV MOZORQO’RG’ONI

GAYMANOV MOZORQO’RG’ONI – qadimgi mozorqo’rg’on (miloddan avvalgi 4-asr). Ukrainadagi Zaporoje viloyatining Vasilev tumanidagi balki qishlog’i yaqinida joylashgan. Qo’rg’on atrofi tosh terib (toshg’ov) ihotalangan. 1969-70 yillarda tekshirilgan. Gaymanov mozorqo’rg’onidan skiflarning «hayvon uslubi»da ishlangan 250 dan ziyod oltin bezaklari, shuningdek qurolyarog’, sopol idishlar, ko’plab ro’zg’or buyumlari topilgan. Skif jangchilarining bo’rtma tasviri tushirilgan kumush zarhal idish ayniqsa diqqatga sazovor.