Gaz analizi

Gaz analizi — analitik kimyoning bir sohasi. Bunda gaz aralashmalarining tarkibi sifat va miqdor jihatdan aniklanadi. Gaz aralashmasini analiz qilishda kimyoviy, fizik-kimyoviy va fizik usullar qo’llaniladi. Kimyoviy reaktsiyalarga asoslangan usulda gaz aralashmasida qanday moddalar borligini bilish uchun u maxsus reagentlar (yoki reagent shimdirilgan qog’ozlar)dan o’tkaziladi. Mac, gaz aralashmasida vodorod sulfid borligini bilish uchun aralashma qo’rg’oshin atsetat eritmasi (yoki o’sha eritma shimdirilgan qog’oz)dan o’tkaziladi. Aralashmada vodorod sulfid bo’lsa, reagent (yoki qog’oz) qorayadi. Gazlar miqdorini aniqdash uchun aralashma yutuvchi moddalar solingan maxsus idishlardan o’tkaziladi. Eritma solingan idishning tajribadan avvalgi va keyingi og’irligi solishtirilib, yutuvchi moddaga qancha gaz yutilganligi aniklanadi. Metallurgiya, kimyo sanoati va neftni qayta ishlash sanoatida yonish jarayonlarini nazorat qilishda maxsus adsorbtsion yoki absorbtsion xromatograf qurilmalaridan foydalaniladi. Tarkibi noma’lum gaz aralashmasi analiz qilinishi uchun ma’lum hajmli maxsus idishlardan avtomatik gaz analizi yurituvchi biron bir sof inert gaz (Mae, N2, ne, Ag)da suyultirilib tarkib va ko’rsatgichlari oldindan ma’lum bo’lgan sorbentlardan o’tkaziladi. Tabiiyki turli yutilish hajm va sifat ko’rsatkichlarga ega bo’lgan har bir gaz boshqalari b-n aralashmalarda vaqg va hajm birligi miqdorida ushbu sorbentdan ajralib to’xtalib o’tadi va sezgir qurilmalardan o’tganda bajaruvchi mexanizmlar o’ta aniqpik b-n uni yozib oladi. Zamonaviy xromatograflar EHM yordamida mukammallashgan bo’lib, ular gazlar yordamida gaz va uglevodorodlar aralashmalarini 0,1—1,0% gacha aniqlik b-n analiz qilish imkoniyatini beradi (q. Gaz analizatori). Gaz aralashmasini aniqlash uchun usulni tanlash gaz aralashmasining taxminiy tarkibiga bog’liq. Fan va texnikada gaz analizi usulining aniklik, sezgirlik darajasi va aniqlanish tezligi muhim ahamiyatga ega.