GAZ-PRESSLI PAYVAND

GAZ-PRESSLI PAYVAND – metal sterjenlar, quvurlar, shakldor detallar, temir yo’l relslari va boshqalarni gaz alangasida qizdirib uchma-uch biriktirish. Bunda detallarning biriktiriladigan joylari (choklari) payvandlash gorelkasidan chiqadigan gaz alangasida yumshaguncha qizdiriladi va qisiladi (presslanadi). Choklarni qizdirish atsetilen-kislorod alangasida, qisish gidravlik qurilmada amalga oshiriladi.