GAZ RAZRYADI

GAZ RAZRYADI — tashqi elektr maydon ta’sirida gaz yoki gazlar aralashmasidan elektr tokining o’tish jarayoni. Mustaqil va nomustaqil xillarga bo’linadi. Gaz yoki gaz aralashmalarida tashki ionlashtiruvchiga bog’liq bo’lmagan razryad mustaqil Gaz razryadi deyiladi. Gaz yoki gaz aralashmasida tashki ionlashtiruvchi ta’sirida sodir bo’ladigan razryadga nomustaqil Gaz razryadi deyiladi. Toj razryad, uchkunli razryad, miltillama razryad va yoy razryadi mustaqil Gaz razryadi jumlasiga kiradi.