«Gaz» so’zini kim o’ylab topgan?

«Gaz» so’zi xuddi «elektr», «termometr», «atmosfera» singari boshha so’zlar qatorida olimlar tomonidan o’ylab topilgan. O’ylab topilgan barcha so’zlardan eng qisqasi— «gaz» so’zi. XVI asrda yashagan gollandiyalik kimyogar va tabib Gelmont «gaz» so’zini yunoncha «xaos» so’zidan yaratgan. U havoning tarkibida yonadigan va yonmaydigan ikki modda mavjudligini kashf etib, «gaz» qadimgilarning «xaos» so’zidan deyarli farq qilmasligini ta’kidlagan («xaos»ning dastlabki ma’nosi — shu’lalanuvchan bo’shliq demakdir). Biroq bu yangi so’z shundan keyin uzoq muddat qo’llanilmasdan keldi va 1789 yilda mashhur olim Lavuaze tomonidan unga qayta hayot bag’ishlandi. Aka-uka Mongolfelar dastlabki havo sharida parvoz qilganlaridan keyin «gaz» so’zi keng ko’lamda ishlatila boshlandi.