Tabiiy gaz qanday paydo bo’lgan?

Gaz neft bilan bir davrda paydo bo’lgan. Hayvonlarning jasadlari cho’kma tabiiy jinslarning tagida qolib ezg’ilanib ko’milib ketishi oqibatida ular neft va gazga aylanib, cho’kma jinslar qatlamlari oralig’idagi bo’shliqlarga joylangan. Gaz va neft boyliklariga ega qatlamlar esa qum va tog’ jinslari siquvida qolgan. Vaqt o’tishi bilan vazni og’irroq bo’lgan neft pastga cho’kib, gaz yuqoriga to’plangan. Mana shu sababdan konlar qazilganda avval gaz, undan keyin esa neft topiladi. Odamlar dastlab gazning foydali xususiyatlarini bilishmagan. Neft topilganida gazni shunchaki chiqarib yoki yoqib yuborishgan. Biroq hozirgi kunda, neft taqchilligi keskin sezilib turgan bir sharoitda, tabiiy gaz boyligi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Shu sababli ham neft, ham gaz konlari qidirilmoqda. 1951 yili Fransiyada tabiiy gazning ulkan koni ochildi. Unda 200 million kubometr gaz borligi aniqlandi. Xom gaz deyarli 30 ga yaqin burg’ilash vishkasi orqali chiqarilmoqda. Gazni tozalash paytida undan yoqilg’i, butan, propan va oltingugurt olinmoqda (olinayotgan oltingugurt Fransiyaning bu mahsulotga bo’lgan ehtiyojini to’la qondirayotir). Toza gaz butun Fransiyaning gaz quvurlari orqali tarqatilayapti. Tabiiy gazning ulkan zaxirasi G’arbiy Sibirda ham ochildi. Bu hududning gazi ko’psonli quvurlar orqali yer yuzining bir talay mintaqalariga yetkazib berilayotir. Ko’pgina sanoat korxonalarida gazdan xomashyo sifatida foydalanilmoqda.