GAZ TO’LDIRISH STANTSIYASI

GAZ TO’LDIRISH STANTSIYASI -avtomobillarga gaz to’ldirish kompressorst-yasi.Mamlakatnimuqobilyoqilg’iga bo’lgan ehtiyojini qondirish maqsadida 1984 y.da «O’zbektransgaz» ICHB tarkibida «O’zbekavtogaz» boshqarmasi tashkil etildi. So’ngra u O’rta Osiyo respublikalari va Qozog’istondagi jami g. t. s.ni birlashtirgan «O’rta Osiyoavtogaz» boshqarmasiga aylantirildi. Keyinchalik «O’zbekavtogaz» hududiy boshqarmasi «O’zdavneftmahsulot» davlat-aktsiyadorlik birlashmasi tarkibiga kirdi. 1997 y.da mazkur boshqarma negizida Amerika-lik hamkorlar b-n birgalikda «gaz-kompressor» qo’shma korxonasi tuzil-Di. O’zbekistonda gaz sanoatinchnt rivojlanishi b-n gaz yoqilg’isi zaxiralarini yaratish, truboprovod transporti tarmog’ini kengaytirish, shuningdek g. t. s.lar qurishga alohida ahamiyat berildi. O’zbekistonda dastlabki g. t. s 1984 y. (sutkasiga 500 avtomobilga gaz yoqilg’isi to’ddirish quvvati b-n) Toshkent sh.da tashkil etildi. 1986 y.da yangi turdagi — blok-komplektli (sutkasiga 250 avtomobilga gaz yoqilg’isi to’ddirish quvvatida) G. t. s. foydalanishga topshirildi. O’zRda 32 g. t. s ishlab turibdi (shundan 18 tasi sutkasiga 500 avtomobilga, 14 tasi esa 250 avtomobilga xizmat ko’rsatadi, 1999). Mavjud G. t. s.lar umumlashtirilganda sutkasiga 1 mln. 720 ming m3 yoki yiliga 370 mln. m3 siqilgan tabiiy gazni iste’molchilarga etkazib beradi. Bu b-n yiliga 282 ming t neft motor yoqilg’isi tejaladi. 1999 y.ga qadar «Gazkompressor» qo’shma korxonasi xizmat kursatadigan avtomobillar soni 12408 ga etdi. Umuman gazdan motor yoqilg’isi sifatida foydalanishning rivojlantirilishi yoqilg’iga bo’lgan talabni qondirishdan tashqari, mamlakat iktisodiga katta fonda keltiradi. Akbarxo’ja Raximov.