Gazlash

Gazlash — 1) mineral suvlar, meva sharbatlari, kvas, pivo va shampan vinolarini karbonat angidrid (SO2) gazi b-n to’yintirish. G. ichimliklarga vishillash xususiyatini beradi, ularning badanga singishini yaxshilaydi, ta’mini yoqimli qiladi. G.ning ikki usuli bor: gazni to’g’ridan-to’g’ri suyuqlikka berish (Mae, meva sharbatlari, mineral suvlar; bunda maxsus apparatlardan foydalaniladi. 1 l ichimlikka 0,3—0,5 mg karbonat kislota qo’shiladi); ichimliklarni bijg’ish vaqtida ajralib chiqqan gaz hisobiga to’yintirish (Mae, shampan vinosi, pivo, kvas); 2) yoqilg’ilarni g. — kumir, mazut, torf, yogoch, slanes va b. yoqilg’ilardan generator gazi olish. Gaz generatori yordamida yoqilg’ini yuqori t-Rada havo yoki suv bug’i b-n oksidlab amalga oshiriladi. Agar G. bosim ostida bug’-kislorod aralashmasidan foydalanib bajarilsa, tarkibida 15% gacha metan bo’lgan shahar gazi hosil bo’ladi. G.da qo’shimcha mahsulot — generator smolasi ham olinadi.