GAZOTURBOVOZ

GAZOTURBOVOZ — gaz turbinali dvigatel, elektr generator va tortuvchi elektr dvigatel o’rnatilgan Lokomotiv. Gaz turbinali dvigatel tarkibidagi erkin porshenli gaz generatori gaz turbinasini zarur parametrli ish jismi b-n ta’minlaydi; u porshenlari erkin harakatlanadigan ichki yonuv dvigateli va porshenli kompressornom iborat. Ko’pchilik G.lar elektr uzatuvchi ochiq tsiklli, bir valli, gaz turbinali qurilmaga ega. Bundam G. kuch qurilmasi turbina Vali b-n reduktor orqali bog’langan gaz turbinasi, kompressor, o’zgarmas tok generatori va tortuvchi elektr dvigatelidan iborat. Bulardan tashqari g.da uni yurgizib yuborish uchun mo’ljallangan dizel qurilmasi ham bo’ladi. Qurilmaning asosiy vazifasi — generatorning aylanish tezligini kompressor b-n yonish kamerasiga havo bera boshlashdagi aylanish tezligiga etkazish. G.ning gaz turbinali qurilmasi og’ir suyuq yoqilg’ida yoki gazda ishlaydi. Quvvati shunga Moe teplovozlarga nisbatan g.ning engilroq, ixcham, suvga ehtiyojsiz, oddiy. Kamchiligi — f.i.k. kam.