GEBBELS YOZEF PAUL

GEBBELS YOZEF PAUL (1897.29.10- 1945.1.5) -1933 yildan fashistlar Germaniyasi targ’ibot idorasining boshlig’i. Irqchilik, zo’ravonlik va bosqinchilik urushlarining g’oyaviy rahnamosi. 1944 yilda yoppasiga harbiy safarbarlik bo’yicha imperiya vakili qilib tayinlangan. Germaniya taslim bo’lishi arafasida o’zini-o’zi o’ldirgan. Nyurnberg xalqaro sud jarayonida asosiy nasist harbiy Jinoyatchilaridan biri deb topilgan.