GEGEMONLIK
GEGEMONLIK (Yunoncha hegemonia — rahbarlik, hukmronlik) — hukmron bo’lishga, boshqa mamlakatlar va xalqlar ustidan hukmronlik qilishga intilishga asoslangan siyosat. Gegemonlik — davlatlar va xalqdar teng huquqligining bevosita aksi, xalqaro munosabatlarda qaror topishi lozim bo’lgan idealning qarama- qarshisidir. O’zbekiston o’z siyosatida Gegemonlikning har qanday ko’rinishlaridan voz kechish, barcha mamlakatlar va xalqlar bilan tengma-teng munosabatda bo’lish tarafdoridir.