GEKLA

GEKLA, Xekla — Islandiya orolining Janubiy-g’arbiy qismidagi so’nmagan vulkan. Yoriqli vulkanlar tipiga kiradi (uzunligi 27 kilometrli aktiv vulkanlar zanjirida joylashgan). Balandligi 1491 metr. Andezit va basalt lavalaridan tashkil topgan. Geklaning otilib turganligi tarixiy manbalarda 1004 yildan boshlab qayd etilgan. Hozirgacha hammasi bo’lib 20 marta kuchli (eng ko’p vayrongarchilik keltirgani 1766, 1947— 48 yillarda) otilgan. Gekla atroflaridan juda ko’p gaz chiqib turadi.