Gelibolu, Gallipoli yarim oroli

Gelibolu, Gallipoli yarim oroli — Turkiyaning Evropa qismidagi yarim Orol. Saros qo’ltig’i b-n Dardanel bo’g’ozi orasida. Uz. 90 km, eni 20 km gacha, eng baland joyi 374 m. Paleogen dav- rining qumtosh, gillaridan tuzilgan. Iqlimi subtropik. O’rta dengiz bo’yi o’simliklari o’sadi. Eng yirik shahri va dengiz porti — Gelibolu (Gallipoli). 1-jahon urushi (1915) davrida g.da dar- Danel operasiyasi (Angliya b-n Frantsiya Qora dengiz bo’g’ozlarini qo’lga kiri- tish uchun g.ga desant tushirgan; biroq bu operasiya muvaffaqiyatsiz chiqqan) o’tkazilgan.