GEMAGTLYUTINASIYA

GEMAGTLYUTINASIYA (gemo… va agglyutinasiya) — serologik reaktsiya; quyilayotgan qon resipient (qon oluvchi bemor)ning qon guruhiga Moe kelmagan- da, qon shaklli elementlaridan eritro- tsitlarning bir-biriga yopishib, g’uj bo’lib cho’kishi. Bevosita va bilvosita G. farq qilinadi. Bevosita G.da eritro- tsitlarning yopishib qolishi unga antite- lo — gemagglyutininlarning to’g’ridan- to’g’ri ta’siri tufayli ro’y beradi. Agar gemagglyutinin va eritrositlar bir tur- dagi organizmga xos bo’lsa, izogemagglyu- tinasiya sodir bo’ladi. Bu qon guruhini aniqlash va donorni to’g’ri tanlashda qo’l keladi. Agar yuqoridagi holat har xil turdagi organizmga xos bo’lsa, geteroag- glyutinasiya ro’y beradi, bu asosan ayrim infektsion kasalliklar (mas, infektsion mononukleoz)da kuzatiladi. Bilvosita G.da tegishli antigen yoki gapten b-n ish- langan eritrositlar yopishib qoladi. Bu reaktsiya ayrim infektsion va allergik kasalliklarda qo’llaniladi. Eritrosit- larning g’uj bo’lib yopishib qolishi VI- ruslar ta’sirida (mas, grippda) ham ro’y berishi mumkin. Virusli kasalliklarni aniqlashda bu reaktsiyalarning o’ziga xos tomonlaridan foydalaniladi.