GEMATO-ENTSEFALIK BARER

GEMATO-ENTSEFALIK BARER (gemato… va Yun. enkephalos — bosh miya) — orqa miya suyuqligi va miya o’rtasidagi moddalar almashinuvini tan- lab boshqaradigan fiziologik tuzilma, to’siq. G-e.b. tarkibiga miya kapillyarla- ri endoteliysi, neyrogliya elementla- ri, miya tomirlarining chigallari, miya qobiqlari va b. kiradi. G-e.b. Markaziy nerv sistemasini qonga yot moddalar (zaharlar, viruslar va h. k.), shuningdek dori moddalari (mishyak, simob bi- rikmalari) tushishidan himoya qiladi hamda orqa miya suyuqligining tarkibi va xossalarini tartibga solib turadi. G-e.b. faoliyati vegetativ nerv siste- mam va ichki sekresiya bezlari ajratgan mahsulotlar tomonidan boshqariladi. G-e.b. gistogematik barerlar guruhiga mansub.