GEMATURIYA

GEMATURIYA (gemato… va Yunoncha Shop — siydik) — siydikda qon bo’lishi, qon aralash siydik kelishi. Buyrak va siydik yo’li kasalliklarida (nefrit, buyrak sili va o’smasida, buyrak toshi kasalligida, siydik yo’llari shikastlanganda), goho yurak-tomir va qon kasalliklarida, shuningdek ba’zi yuqumli kasalliklarda kuzatiladi. Gematuriyada siydik nim pushti, qizg’ish va to’q qizil bo’lib, katta-kichik va shakli har xil qon iviqlari aralashib chiqadi. Gematuriyaga sabab bo’lgan asosiy kasallik davolanadi.