GEMIPLEGIYA

GEMIPLEGIYA (gemi… va Yunoncha Piegin — shikastlanish) — gavda o’ng yoki chap yarmining to’liq falajlanishi. Ko’pincha gipertoniya, ateroskleroz, revmatizm, qand kasalliklarida miyaga qon quyilishi yoki miya qon tomirlarining berkilib qolishi sabab bo’ladi. Gemiplegiya miya o’smasi, yalliglanishi va jarohatlanishining alomati bo’lishi ham mumkin. Gemiplegiyaga sabab bo’lgan kasallik davolanadi, dori-darmomdan tashqari falajlangan oyoq-qo’l uqalanadi, shifobaxsh fizkultura buyuriladi va fizioterapiya usullari qo’llaniladi.