GEMOFTALM

GEMOFTALM (Yun. haima – qon va ophthalmos — ko’z) — ko’z soqqasining ichiga qon quyilishi. G. ko’z shikastlan- ganda va organizmning umumiy kasalli- klari (gipertoniya, qandli diabet, ate- roskleroz, buyrak va qon kasalliklari) oqibatida ro’y beradi. Bemor ko’z oldi qorong’ilashib, ko’rmay qolganini sezadi. Ko’zning shishasimon tanasiga quyilgan qon juda ham sekin so’riladi. Shishasi- mon tananing xiralashishi, to’r parda- ning ko’chishi, ko’z ichi bosimining orti- shi sababli ko’rish o’tkirligining pasay- ishi g.ning asoratlari hisoblanadi. Davo G.ga sabab bo’lgan kasallikni bartaraf etishdan iborat. Qonning so’rilishini tezlashtirish uchun fermentlar va bio- gen stimulyatorlar buyuriladi. Qon bu- tunlay yoki qismai so’rilishi mumkin, zarur bo’lganda qonning so’rilmay qolgan qismi jarrohlik usuli b-n olinadi.