GEMOGLOBINURIYA
GEMOGLOBINURIYA (gemoglobin va Yunoncha uron — siydik) — gemoglobinning siydik bilan chiqishi. Qon gemolizga uchraganda ro’y beradi. Kislotalar, ba’zi dorilar (masalan, xinin, sulfanilamidlar, levomisetin, gentamisin va hokazolar) dan zaharlanganda, kuyishda, organizmga mos kelmagan qon quyilganda, uzoq vaqt yurilganda, qattiq sovqotganda kuzatiladi. Gemoglobinuriyada siydik qizaradi, ammo tiniq bo’ladi. Davo asosan Gemoglobinuriyaga sabab bo’lgan omilni bartaraf etishdan iborat.