Gemorragik isitma

Gemorragik isitma — t-ra ko’tarilishi, teri ostiga va ichki a’zo- larga qon quyilishi b-n davom etadigan virusli kasalliklar guruhi. Gemorra- gik nefrozonefrit, Qrim g. i.si, Omsk G. i.si va b. xillari bor. Kasallik VI- Rusi yumronqoziq, dala sichqoni va b. kemiruvchilarda bo’lib, ulardan odamga turli yo’llar b-n (kemiruvchilar tezagi b-n ifloslangan oziq-ovqat, suv orqali, shuningdek kana chaqqanda) yuqadi. Ka- sallikning barcha shakllarida kaltirash, isitmalash, bosh og’rig’i, darmon qurishi, terida mayda qon quyilishlar (toshma- lar) kuzatiladi: burun, milk qonaydi, ayrim a’zolar, jumladan buyraklar za- rarlanadi, shu sababdan bel qattiq og’rib, bemorga tinchlik va uyqu bermaydi. Ka- sallik engil kechganida bemor isitma- laydi, lekin qon oqishi va buyrak za- rarlanishi kuzatilmaydi. Kasallikning hamma xilida ham bemor kasalxonada davolanishi lozim. Davo kasallikning belgilariga qarab tayinlanadi, yurak va buyrak faoliyatini maromiga keltira- digan, qon oqishini to’xtatadigan va b. doridarmonlar buyuriladi. G. i.ning ol- dini olish uchun kemiruvchilarni qirish, oziq-ovqatni jips berk idishda saqlash, kanani yo’qotish kerak.