GEMOSIANINLAR
GEMOSIANINLAR— ba’zi mollyuskalar va bo’g’imoyoqlilar gemolimfasining ko’k yashil rangli nafas olish pigmenlari. Gemosianinlar organizmda kislorodni tashish funktsiyasini bajaradi. Kimyoviy tarkibi — murakkab oqsillar (metalloproteidlar)dan iborat. Gemosianinlar ko’pchilik mollyuskalar gemolimfasida erigan holda bo’ladi. Oksidlangan Gemosianinlar ko’kish rangli, qayta tiklangandan so’ng rangsiz bo’ladi.