GEMOSPORIDIOZLAR

GEMOSPORIDIOZLAR – uy hayvonlarining qizil qon tanachala- rida va retikuloendotelial Sistema hujayralarida parazitlik qiluvchi bir hujayrali gemposporidiylar qo’zg’atadigan kasallik. G. b-n hamma hayvonlar kasallanishi mumkin. Asosan, kanalar orqali yuqadi. Gemosporidiylar qizil qon tanachalari (eritrositlar)da ko’payib qonni buzadi. Kasal hayvonlar harorati ko’tariladi, mahsuldorligi Pa- sayadi, ichi buziladi. qoni kamayadi, qon aralash siyadi, ko’pchilik hollarda o’ladi. Davosi: G. b-n og’rigan hayvonlarga flavakridan, sulfantrol, piroplaz- min, gemosporidin, naganin va b. do- ridarmonlar beriladi. Oldini olish : ko’klam va yoz oylarida kanalarga qarshi qo’llaniladigan preparatlar vositasida hayvonlardagi kanalar yo’qotiladi. Poda kanali erdan boshqa joyga ko’chiriladi.