Genetta

Genetta (Genetta) — yirtqich dar- randalar turkumining viverrasimonlar oilasiga mansub avlod. Bir necha turi bor. Asosan, Afrika savannalarida va tropik o’rmonlarda yashaydi. Evropa Ge- nettasi (Genetta genetta) Ispaniya va Frantsiya o’rmonlarida uchraydi. Tanasi- ning uz. 55 sm, dumi 40 sm cha. Anal bezla- ri hidli modda ajratadi. Terisi kalta va mayin och kulrang jun b-n qoplangan, tanasining ikki yonida har xil shaklda- gi qora dog’lari bor. Dumi qora, 7-8 tacha oq halqasi bor. Tungi hayvon; mayda kemiruvchilar, qushlar va tur- li hasharotlar b-n oziqlanadi. Ba’zan uy parrandalariga ham hujum qiladi. Qo’lga tez o’rganadi. Mayda kemiruvchi- larni yo’qotish maqsadida uyda asrala- Di. Mo’ynasidan foydalaniladi.