GEODEZIK CHIZIQ
GEODEZIK CHIZIQ – yer sirtida istalgan joyda olingan ikki nuqta orasidagi chiziq. Shar yuzasida — katta doira yoyi, tsilindr yon tomonining yuzasida — burama chiziq yo’li, ellipsoid sirtida — ikkilanma egri chizig’i bo’lib, uning har nuqtasiga tegib o’tgan tekislik shu nuqtadagi yuzaga normal (tik) chiziqdan o’tadi. Yer shari va ellipsoid yuzasidagi bir nuqta paralleli radiusi g ning shu nuqtadagi geodezik azimuti sinusiga ko’paytmasi shu Geodezik chiziq uchun o’zgarmas miqdor bo’ladi, ya’ni r6sina=c.