Geografik bashorat

Geografik bashorat – geograrafiyadagi eng yangi yo`nalishlardan biri. Geografik bashoratning maqsadi tabiiy sharoit, aholi va xo`jalikning o`zaro ta’sirida geografik komplekslar (geosistemalar)ning kelgusidagi o`zgarishlarini tadqiq qilish va oldindan aytib berishdan, ya’ni bashorat qilishdan iborat. Shunga binoan, geografik bashorat tabiiy geografik (tabiiy sharoitni bashorat qilish) demogeografik (aholini bashorat qilish) va iqtisodiy-geografik tahlil (xalq xo`jaligining rivojlanishini tahlil qilish) dan iborat. Geografik bashorat bir qancha ilmiy prinsiplarga asoslanadi. Bulardan eng muhimlari: tarixiy prinsip, boshlang`ich hodisa va jarayonlarni o`rganish prinsipi, taqqoslash prinsipi, barqarorlik (turg`unlik) prinsipi, tahlilning uzluksizligi prinsipi, ekspertlar bahosi prinsipi va ) h.k.