Geografik kompleks, geokompleks, geosistema, tabiiy hududiy kompleks, landshaft

Geografik kompleks, geokompleks, geosistema, tabiiy hududiy kompleks, landshaft – biron-bir aniq hududdagi barcha geografik komponentlarning bir butunligi. Binobarin geografik kompleks paydo bo`lishi, rivojlanishi, geografik o`rni va hozirgi geografik jarayonlarning umumiyligi, bir butunligi bilan ajralib turadi. Geografik kompleksga fatsiyadan tortib to geografik zonagacha bo`lgan barcha katta-kichik tabiiy komplekslar kiradi. Geografik komplekslarni regional tabiiy geografiya yoki landshaftshunoslik o`rganadi. So`nggi yillarda iqtisodiy geografiyaning asosiy ob’ekti bo`lgan hududiy ishlab chiqarish komplekslari ham geografik kompleks (geosistema) deb qaralmoqda.