Geografik koordinatalar

Geografik koordinatalar – biron nuqtaning yer yuzidagi o`rnini aniqlaydigan miqdorlar. Geografik koordinatalar geografik kenglik bilan geografik uzunlikdan tarkib topadi. Meridianlar bilan parallellarni tasvirlaydigan chiziqlar gradus to`rini hosil qiladi.