Geografik majmua

Geografik majmua – barcha tabiat komponentlari (tog’jinsi, re- Lef, iqlim, er osti va er usti suvlari, tuproq, o’simlik va hayvonot dunyosi) o’zaro qonuniy uzviy aloqada va aks ta’- sirda bo’lib turadigan, muayyan makon va zamonda uyg’unlashgan tabiiy Hosila. Ob’ektiv mavjud regional va zonal tak- sonomik birliklar (geografik qobiq, qit’a (quruqlik), okean (suv muhiti), yoritilish va iqlim mintaqalari, tabi- at zonalari, o’lka, r-n, landshaft, joy tipi, fasiya) g. m.dir. Eng yirik g. m. geografik qobiq bo’lsa, eng kichigi fasiya hisoblanadi. G. m.lar o’zaro va uning kom- ponentlari o’rtasida modda va energiya doimo almashinib turadi. G. m. (Land- shaft)ning birorta komponenti uzgarsa, boshqa komponentlari ham o’zgaradi, si- Fat va miqdor jihatdan yangi g. m. shak- llanadi.