Geografiya

Geografiya (Yun. Geo… va …grafik) — Erning geografik qobig’i, uning struktura va dinamikasi, alohida kom- ponentlarini hududlar bo’yicha o’zaro ta’siri va taqsimlanishini o’rganadigan fanlar majmui. Antik dunyo G’arb olim- lari er yuzasining manzarasini g. so’zi b-n ifodalaganlar. G. terminini dastlab Eratosfen (mil. AV. 276-194 y.larda yashagan) kiritgan. O’rta Osiyoda 9— 10-a. lardan boshlab g. so’zi ma’nosida «sura- ti arz», «etti iqlim», «kitob almasolik valmamolik» («mamlakatlar va masofa- lar kitobi») iboralari qo’llanilgan. 19-a.da va 20-a. boshlarida o’zbek tilida G. Arabcha talaffuz b-n «jug’rofiya» sha- klida yozilgan. Keyinroq G. shakli ras- miy tus oldi. Hoz. davrda «g.»o’rniga «g. fanlari sistemasi» iborasini qo’llash ilmiy jihatdan to’g’riroqdir. G. fanlari sistemasi 3 asosiy tarmoqqa bo’linadi: a) tabiiy, ya’ni tabiiy geogra- FIK fanlar — ularga tabiiy geografiya (umumiy er bilimi, landshaftshunoslik va paleogeografiyani o’z ichiga oladi), Ge- omorfologiya, iqlimshunoslik, quruqlik gidrologiyasi, okeanologiya, glyasiologiya, geokriologiya, tuproklar g.si va biogeo- grafiya kiradi; b) ijtimoiy va iqtisodiy geografik fanlar — umumiy va regional iqtisodiy g., xo’jalik tarmoqlari g.si (sanoat g.si, q. x. G.si, transport g.si va b.), aholi g.si, siyosiy g.; v) xaritagrafiya. Undan tashqari g.ga mamlakatshunoslik, tibbiy g., rekreasiya va harbiy g.-ham kiradi. Keyingi yil- larda, koinotni o’rganish rivojlanishi b-n Selenografiya (oy g.si), Kosmos er- shunosligi kabi sohalar ham vujudga keldi. Er sun’iy yo’ldoshlari va kosmik kemadan turib er yuzasining suratini olish va xaritasini tuzish usullari ham yaratildi. G. eng qad. fanlardandir. Odamzod paydo bo’lgandan keyin muayyan davr o’tgach, tabiiy muhit b-n jamiyat- ning o’zaro munosabatlari natijasida, ovchilik, erni ishlash va savdo-sotiq ehtiyojlariga ko’ra yaqin-uzoq masofalar- ga borib kelish, tevarak-atrofni bilish va turli-tuman xalklar o’rtasida o’zaro muomala qilish boshlangan. Odamlar il- miy-amaliy maqsadlarda dengiz yo’llarini va joylarning tabiatini, xo’jaligi va xalqlarini o’rganib turgan- lar. Shu yo’llar b-n geografik ma’lumot- lar to’plangan, devor va toshlarga bitil- gan, qog’ozga yozilgan. Mil. AV. qad. dunyo- ning madaniyat markazlarida (Turon, Shim. Hindiston, Xitoy, Bobil va Ossu- riya, Misr va Yunonistonda) dastlabki ilmii xulosalarga erishildi. Doira 360 gradusga bo’lindi, sutka 24 soat deb bel- gilandi, geografik kenglik va uzunlik ifodalari yuzaga keldi. Er shar shaklida degan fikr maydonga keldi (yunon olim- lari Fales, Pifagor, Eratosfen va ari- Stotel), dastlabki globus va ibtidoiy xarita yasaldi (Anaksimandr), dunyo qit’alariga nom berildi. Iskandariya- lik matematik va geograf Eratosfen (mil. AV. 3-a.da) er aylanasining uzunli- gini o’lchab ko’rgan va er meridianining (hoz. o’lchov birligida) 39816 km ligini aniqlagan. Bu esa haqiqiy uzunligiga ancha yaqindir. Er yuzida issiq, mo»tadil va sovuq mintaqalar borligi, ya’ni Geo- grafik zonallik tushunchasi ham qad. dunyo g.sining nazariy yutuqlaridandir. O’sha davrda ba’zilar er yuzida suvlik ko’p desalar, boshqalar, aksincha, quruqlik ko’p der edilar. Shuningdek, Quyosh b-n erning munosabati xususida ham ikki mulohaza bo’lgan. Ayrim olim- lar (ayniqsa Ptolemey) olamning marka- zini er hisoblab, Quyosh va sayyoralar esa uning atrofida aylanadi (geosentrik nazariya) desalar, boshqa olimlar gelio- tsentrik nazariyani ilgari surdilar, ya’ni olamning markazi Quyoshdir, er va b. sayyoralar uning atrofida aylanadi deganlar. Aleksandr (Iskander Makdu- niy)ning Eron, Turon va Hindistonga yurishlari hamda finikiyaliklarning O’rta dengiz va Afrika tevaragidagi Su- zishlari geografik tasavvurlarni bir- muncha kengaytirdi. Umuman, yunon olim- lari Sharqdagi ilm-fan markazlarining yutuqlaridan xabardor bo’lganlar va ulardan o’z asarlarida foydalanganlar. Strabon (mil. AV. 63 yil — mil. 21 y.) dunyo g.sidan 17 jildli kitob ezdi (2 jildi umumiy g., 8 jildi — Evropa, 1 jildi — Afrika, 6 jildi — Osiyo), Klavdiy Ptolemey (90-168 y.lar) g. va xaritagrafik proektsiyalarga doyr 8 jild kitob ezdi. Turonlik va eronli- klarning muqaddas kitobi Zend Avesto- da ayrim geografik ma’lumotlar bor. Unda dunyodagi mamlakatlar — Eronvej, Sugd, Muru (Marv), Baxdi (Baqtriya), Ni- Soim (Jan. Turkmenistan), Ho’ruyu (Xi- rot), hafta hendu (etti Hindiston) va b. tilga olingan, ba’zilari ta’riflan- g a n . O’rta asrlarda vizantiyalik Zemarx (6-a.) Sharqiy Dashti Qipchoqqa sayohat qildi, normanlar (skandinaviyaliklar) 9-10-a. larda Atlantika okeanining shim.da Su- zib, Islandiya, Grenlandiya va shim. Ame- rikagacha safar qildilar, rus pomorlari Shim. Muz okeanidagi ayrim orollarni o’zlashtira boshladilar. 13-a. o’rtalarida Frantsiya qiroli Lyudovik IX ning elchi- si sifatida O’rta Osiyoga Rubruk kelib ketdi, italiyalik Plano Karpini mongo- liyagacha etib bordi. O’rta asrlarda evro- paliklarning geografik tasavvurlariga eng katta ta’sir etgan voqea — Marko Poloning 25 yil davom etgan Xitoy sayohati (13-a. oxiri) bo’ldi. O’rta asrlar- da Sharq mamlakatlarida madaniyatning yuksalishi, bir qancha mustaqil davlat- larning barpo etilishi, savdo-sotiq avj olishi natijasida Turkiya, Iroq, Eron, Hindiston va Movarounnahrda g. fani ancha rivoj topdi. Uning eng yirik na- moyandalaridan biri Muhammad ibn Muso Xorazmiy (8-a. oxiri — 9-a. o’rtalari) g.ga doyr «surat ul-arz» Kito- bini ezdi. Unda dunyodagi 537 shaharning koordinatalari va qisqacha izohi beril- gan. Aslida bu kitob kattagina bir Geo- grafik atlasning izohnomasi bo’lgan. Xorazmiy bu kitobini yozishda Ptole- Meyning «Geografiya» asaridan qisman foydalangan. Bu b-n qad. dunyo g.sining merosi saqlab qolindi. 9-a.dan e’tibo- ran Arab va fors tillarida yaratilgan barcha geografik asarlar Xorazmiy Kito- biga asoslangan. Shunday qilib, Xoraz- miy butun Sharq g.sining asoschisi bo’lib qoldi. Ahmad Farg’oniy (9-a.) va Abu Abdulla Jayxoniy (9-10-a.)lar ham geografik asarlar yaratishdi. Farg’oniy Misrdagi Nil daryosi suvi- ning sathini kuzatish uchun Qohira sh. yonida «miqyos jadidi» — nilometrni yaratganini alohida ta’kidlash lozim. Bundan tashqari Quyosh tutilishi, erning yumaloq shaklda ekanligini isbotlagan. Erning o’lchamlari to’g’risida hoz. zamon ma’lumotlariga juda ham yaqin bo’lgan kattaliklarni ishlab chiqqan. Abu Zayd ibn Sahl Balxiy (850-934) «suvor ul- aqolim» («iqlimlar surati») geografik asarini yozib, unga ko’pgina xaritalarni ilova qildi, Abu Zayd asarini eronlik Istahriy va Ibn Havqal yana kengayti- rib, «kitob almasolik valmamolik» asa- rini yozdilar. 10-a.da yashagan Arab Geo- graflari Mas’udiy va Muqaddasiylar, 12-a. olimi Idrisiy o’z zamonasi ahdini dunyo g.si b-n tanishtirishda katta xiz- mat qildilar. Sharq G.si faniga Beruniy va Ibn Sinoning ta’siri juda katta bo’ldi. Beruniyning barcha yirik asarla- ri («qadimgi xalqlardan qolgan Yodgor- liklar», «Hindiston», «Mineralogiya», «Geodeziya», «Ma’sud qonuni») ko’p jihatdan g.ga taalluqli. Beruniy Sharqda birinchi bo’lib globus yasadi, «Ma’sud qonuni» kitobida 603 joyning geografik koordinatalarini aniqlab yozdi, boshqa bir kitobiga dunyo xaritasi- ni ilova qildi. Beruniy Hindistonda turib, er aylanasining uzunligini o’lchadi. «Geodeziya» kitobida Amudaryo- ning oqimi o’zgargani va Qoraqum cho’lining paydo bo’lishini tasvirladi va h. k. U nazariy jihatdan ilk bor g’arbda, Atlantika okeani ortida katta quruqlik mavjudligini ta’kidlagan. 5 asrdan so’ng evropaliklar bu quruqlikning Amerika qit’asi ekanligini kashf et- ganlar. 11-a.da balxlik Nosir Xisrav 7 yil davomida sayohat qilib, 15 ming km yo’l bosdi — Movarounnahrdan Afrika shim.gacha, Arabiston va Hindistongacha sayohat qilib, «Safarnoma» kitobini yozdi. Maxmud Koshg’ariy Markaziy Osiyo- dan kichik Osiyo ya.o.gacha kezib, turkey qabilalarning tili, urf-odatlari, shaharlari, Daryo-ko’llari, tog’- yaylovlarini tasvirlagan «Devonu lug’otit turk» asarini yozib qrldirdi. Kitobga dunyo xaritasi ham ilova qilingan. 13-a. boshida Marv sh.da (hoz. Turkmanistonning Mari sh.dan 30 km sharada) yashagan Abdulla yoqut Hamaviy «Mujam ul-buldon» geografik lug’atini yozgan. Shim. afrikalik (marokashlik) Arab Ibn Battuta 14-a.ning eng mashhur sayyohidir, u 25 yil mobaynida 100 ming km dan ortiq masofani kezib chiqdi — Arabiston ya. o., Hindiston, Xitoy, Su- matra o., Movarounnahr, Jan. Evropa va Sahroi Kabirni sayohat qildi. 15-a. bosh- larida Samarqand rasadxonasida temu- riy hukmdor Mirzo Ulug’bek rahbarligida astronomik va geografik jadvallar tuzi l Di. Ali Qushchi Samarqandda va Istanbulda geografik asarlar yozdi. 16-a. boshida Zahiriddin Muhammad Bobur Hindistonga kelib, mashhur tarixiy-geografik asar — «Boburnoma»ni yaratdi. 15-a. o’rtasi — 17-a.da Buyuk geografik kashfiyotlar na- tijasida deyarli barcha materiklarning shakli belgilandi, er yuzasining katta qismi tadqiq qilindi, noma’lum mamla- katlarning tabiati va xo’jaligi haqida ma’lumotlar olindi. 17-a.ning 1 – yarmi- da yashagan gollandiyalik geograf B. Vare- niusning «umumiy geografiya» kitobi o’sha davrning eng yirik geografik asari bo’ldi. Varenius birinchi bo’lib er haqidagi bilimlar sistemasidan umu- miy geografiya va xususiy regional Geo- grafiyani ajratdi. 16-17-a.larda xari- tagrafiya bo’yicha katta muvaffaqiyatlarga erishildi, xaritagrafik proektsiyalar ishlab chiqildi (g. Merkator). 18-a. oxi- ri va 19-a. davomida Afrika, Jan. Ame- Rika, Avstraliyaning ichki r-nlarida Ge- ografik tadqiqotlar olib borildi. 19— 20-a.larda Markaziy Osiyoda ilmiy tadqiqotlar qilindi. Tabiiy geografiya. O’zbekistonda, bu-tun O’rta Osiyodagi kabi, o’lkaning ta-biiy sharoiti hamda tabiiy resurslarini kompleks tadqiq etish va geografik g’oyalarning bu jarayon b-n bevosita bog’liq holda rivojlanishi 4 asosiy il- miy yo’nalishda amalga oshib, takomilla- sha bordi. Bular: qiyosiy-tasviriy, tabi- iy-tarixiy, ekologik-geografik va regi- onal landshaftshunoslik yunalishlari- D i r . O’rta Osiyoda tabiiy-geografik tadqiqotlarning qiyosiy-tasviriy (tas- viriy geografiya) yo’nalishi 19-a.ning 2-yarmi — 20-a. boshida vujudga keldi. Turli hududlarning geografik tasviri- ni yaratishda P. P. Semyonov-Tyanshan- skiy, I. V. Mushketov, A. P. Fedchenko. V. A. Obruchev, V. I. Masalskiy va L. S. Berg kabi rus tabiatshunoslari hissa qo’shdilar. Bu yo’nalish N. L. Korjenev- skiyning qiyosiy-tasviriy geografik tadqiqotlarida o’z ifodasini topdi. Re- spublikada bu ilmiy yo’nalishda N. G. Malliskiy, O. Yu. Poslavskaya, N. D. Do- limov, M. Q. Qoriev, O. A. Mo’minov ko’p yillar ilmiy faoliyat ko’rsatib, o’lkaning turli qismlari va butun O’zbekistonni tabiiy geografik tasvir- lashga munosib hissa qo’shdilar. O’zbekistonda geografik t a D q i q o TL a r n i n g t a b i i y – t a r i x i y yo’nalishi 20 – a. boshida o’lkani ruslar tomonidan o’rganish jarayonida shakllan- Di. Bu ilmiy yo’nalish turli hududlar tuproq va o’simlik qoplamini landshaft- lar fonida majmuali o’rganish metodi- kasi va metodologiyasiga asoslangan va uning yirik markazi O’rta Osiyo Davlat un-ti tarkibidagi Tuproqshunoslik va geobotanika in-ti edi. Ekologik-geografik yo’nalish 1920-30- y.larda shakllandi. Bu yo’nalishning vakillari ekolog va Ge- ograflar D. N. Kashkarov (1878— 1941) va E. P. Korovin (1891-1963) edi. O’rta Osiyo cho’llari va baland tog’lari o’ziga xos tabiiy kompleks va «hayot makoni» sifatida qiyosiy ekologik va geografik jihatdan o’rganildi. Bu maktabning il- miy g’oyalarini yangi yuqori bosqichga ko’tarishda Uzbekiston akademiklari zo- oekolog T. 3. Zohidov va botanik-geograf hamda ekolog q. 3. Zokirovlar salmokli hissa qo’shdi. T. 3. Zohidov cho’llar ekolo- gik biosenologiyasi, q. 3. Zokirov esa O’rta Osiyo fitoekologiyasi, o’simlik qoplamini ekologik toifalashtirish hamda integral balandlik mintaqalari (cho’l, adir, tog’, yaylov)ni ajratish masa- lalari bo’yicha o’z yo’riqnomalarini yarat- D i l a r . Regional landshaftshunoslik yo’nalishi yuqoridagi uch kompleks yo’nalish va ko’plab tarmoq geografik yo’nalishlarning sintezi sifatida Vu- judga keldi. Bu yo’nalishga doyr ilk tadqiqotlar 1929-30 y.larda olib bo- rildi. O’rta Osiyo kompleks tabiiy-tari- xiy rayonlashtirildi va ayrim yirik hududlarning landshaft xaritalari tu- zildi. 1943 y. O’rta Osiyoning ekologik tamoyillar asosida majmuali geogra- FIK rayonlashtirish kontsepsiyasi va sxe- masi yaratildi. 1950-y.lar oxiridan O’rta Osiyoni tabiiy rayonlashtirish va landshaft xaritalarini yaratish b-n O’rta Osiyo davlat un-tining geograf olimlari shug’ullandilar. 1960-70 y.larga kelib, O’zbekistonda mahalliy landshaftshunos olimlarning safi shakllandi. Ular Mo- skva (P. B. Baratov, A. A. Rafikov, M. U. Umarov, P. N. G’ulomov, A. Mamatov, B.O. Baxriddinov, O. Raxmatullaev, S. Abdul- laev, I. Abdug’aniev), Sankt-Peterburg (A. Saidov, M. Rasulov, Sh. Ergashev, T. Rahimov, Yu. Sultonov), Lvov (L. Ali- Bekov, T. Jumaboev), Voronej (A. Abdulqosimov), Boku (S. A. Nishonov), Ashxobod (I. Nazarov), Qozon (T. Ollona- zarov) va Toshkent (Sh. S. Zokirov, I. A. Hasanov, A. Zayniddinov, A. Soatov) landshaftshunoslik maktablariga man- subdirlar. Ularning har biri muayyan hududlarni rayonlashtirish va Land- shaft xususiyatlarini tahlil qilish, ta- biiy resurslarni baholash b-n shug’ullandilar. Meliorativ geografiya (A. A. Rafiqov, I. A. Hasanov), rekrea- tsiya geografiyasi (3. Mahamatillaev, A. Zokirov), landshaftlar rekultivasiyasi (H. Vahobov) va geokimyosi (I. N. Stepa- Nov, O’. Abdunazarov, H. Ma’sudov) bo’yicha ham tadqiqotlar o’tkazdilar. O’zbekiston Respublikasi FA Seysmolo- giya in-ti tarkibidagi Geografiya i. t. bo’limi 1958 y.dan boshlab geografik tadqiqotlar olib bordi. Tabiiy geografiya, landshaftshunoslik va ekologiyaga doyr tadqiqotlar Toshkent sh.dan tashqari Samarkand (L. Alibekov, A. Abdulkrsimov. O. Rahmatullaev), Jizzax (S. A. Nishonov), Farg’ona (O. Yu. Sultonov, A. Maqsudov, I. Abdug’aniev), Buxoro (I. Nazarov), Qarshi (A. Mama- tov, S. Abdullaev) va b. shaharlarda ham olib boriladi. Geomorfologiya. O’zbekistonda geomor- fologiya va u b-n bog’liq to’rtlamchi davr shakllanishi geomorfolog yu. A. Skvor- sov va geolog N. P. Vasilkovskiylar nomi b-n, Respublika geomorfologiyasi- ning keyingi yutuqlari geograf-geomor- fologlardan — o. Yu. Poslavskaya, N. A. Kogay, G. F. Tetyuxin, M. M. Mamatqulov, E. D. Mamedovlarning ko’p yillik tadqiqotlari b-n bog’liq. Meteorologiya va iqlimshunoslik. Bu soha bo’yicha respublikada mumtoz iqlimshunoslik (klimatografiya), si- noptik meteorologiya va dinamik iqlimshunoslik, mikroiqlimshunoslik, agrometeorologik hamda a g r o i q l i m sh u n o s l i k , bioiqlimshunoslik va shahar iqlimshunosligi ilmiy yo’nalishlari vujudga keddi. Mikroiqlimiy va agrometeorologik tadqiqotlar 20-y.larda Mirzacho’lda voha iqlimini o’rganishga doyr ishlar b-n boshlandi. 1950 – y.lardan O’rta Osiyo dav- lat un-tida agrometeorologiya, erga yaqin havo qatlamlari fizikasi bo’yicha munta- zam tadqiqotlar olib borildi va unda L. N. Babushkin, A. T. Muqminova, M. A. Orifxonova kabi ko’plab meteorology hamda iqlimshunoslar ishtirok etdi. Agrometeorologik va agroiqlimiy tadqiqot ishlarini rivojlantirishga S. A. Sapojnikova, F. A. Muminov, D. Mat- Murodov, A. S. Hasanov, A. Abdullaev kabi tadqiqotchilar ham munosib hissa q o’sh D i l a r . Sinoptik meteorologiya va dinamik ik- dimshunoslikka doyr ishlar Toshkentda V. A. Jorjio, V. A. Bugaevlar faoliyati (1930-60 y.lar) b-n bog’liq. B. A. Ayzenshtat O’rta Osiyo landshaftla- ri, xususan qumli cho’llarning balansini o’rganish b-n shug’ullandi. Gidrologiya. O’rta Osiyo gidrologiyasi b-n E. M. Oldekop va L. K. Davidovlar, 1950-70 y.larda tog’gidrologiyasi b-n V. L. Shuls shug’ullandi. U O’rta Osiyoni geografik-gidrologik tamoyillar aso- sida rayonlashtirdi va o’lka suv oqimining asosiy qonuniyatlarini bayon etdi. V. L. Shulsning rahbarligida L. I. Shalatova, I. R. Alimuhamedov gidro- log tadqiqotchilar etishib chikdi. O’rta Osiyo gidrologiyasi bo’yicha ilmiy ishlar o. P. Shcheglova va uning shogird- lari g. E. Glazirin, A. R. Rasulov, R. S. Saidova, F. Hikmatov va b.ning faoliya- ti b-n bog’liq. Respublikada sel oqimlarini geografik va gidrologik o’rganish b-n F. K. Kocher- ga, P. M. Karpov, T. Mustafaqulov, R. G. Vafin, V. P. Pushkarenko, S. To’laganov va A. Saidovlar shug’ullandilar. Gidrologik tadqiqotlar majmuida Daryo o’zanidagi dinamik jarayonlarni o’rganish S. T. Altunin va A. M. Muhamedov rahbarligida amalga oshi- r i l D i . 1960-y.lardan R. A. Alimov, A. 3. Zohidov, V. P. Svetiskiy, N. I. Zudina va b. obikor erlar suv balansi va tuz re- jimini o’rganish bo’iicha ishlar olib b o r D i l a r . Xo’jalikka xizmat ko’rsatish nuqtai na- zaridan gidrologik bashorat bo’iicha o’tkazilgan tadqiqotlar P. M. Mashukov va 3. V. Jorjiolar nomi b-n bog’liq. Gi- drologik jarayonlarni modellashtirish muammolari bo’yicha yu.N. Ivanov, Yu. M. Denisovning tadqiqotlari diqqatga sa- zovor. Obikor dehqonchilik b-n bog’liq gidrologiya muammolari ham olimlar- ning diqqat markazida bo’ldi (g. N. Tro- fimov, N. K. Lukina, E. M. Vidineeva, Q. Domlajonov va b.). N. L. Korjenevskiy 1930 y. O’rta Osiyo muzliklarining katalogi (jadvali)ni yaratdi va ko’pgina tog’muzliklarini bi- rinchi bo’lib tavsifladi. Keyinchalik O’zbekistonda G. E. Glazirin, V. G. Kono- valov, V. F. Suslov, A. S. Shchetinnikov, V. Nozdryuxin, A. A. Kreyter, M. A. No- Sirov, A. Akbarov kabi glyasiolog muta- xassislar etishib chiqdi. O’rta Osiyo ko’llarini o’rganishga olim- lardan N. L. Korjenevskiy, L. A. Molcha- Nov, N. G. Malliskiy, A.M. Nikitin va b. hissa qo’shdilar. O’zbekistonda gidrometeorologik tadqiqotlarning asosiy markazlari V.A. Bugaev nomidagi O’rta Osiyo regional gi- drometeorologiya i. t. instituta (tosh- kent), O’zbekiston Milliy un-ti, O’zbekiston faning Geologiya va geofi- zika hamda suv muammolari in-tlaridir. Ilmiy va amaliy gidrologik tadqiqotlar asosan gidrometriya, suv eroziyasi va o’zan jarayonlarini o’rganish (A. R. Rasulov, T. Jo’raev, S. R. Saidova, M. Mirziyotov, F. Xikmatov), gidrokimyo (E. Chembarisov, K. Domlajonov), gidroekologiya (A. Na- zarov, A. Abdurahmonov, 3. Sirliboeva), gidromeliorasiya (Sh. Yunusov, E. Jo’rabekov) va irrigasiya tarixi (A. Razzoqov), suv resurslarini o’rganish (Sh. Murodov, S. Karimov, U. Tursunov), muzlikshunoslik (M. A. Nosirov, A. AK- barov), Ko’lshunoslik (o. Nuriddinov) kabi yo’nalishlar bo’yicha muvaffaqiyatli davom etmoqda. Tuproqlar geografiyasi. 1920 y. O’rta Osiyo un-ti tarkibidagi Tuproqshunoslik va geobotanika in-tida tuproqshunos N. A. Dimo rahbarligida tuproq qoplami geografik landshaftlarning tarkibiy qismi va ko’zgusi, ayni vaqtda q. x. ishlab chiqarishining asosi hamda resursi si- fatida o’rganildi. Regional tuproqshunoslikning xilma- xil muammolari ustida A. M. Rasulov, A. Maksudov, H. Maqsudov va A. Ne’ma- tov, J. S. Sattorov va L. Tursunovlar tadqiqotlar olib borgan. O’zbekistonda geografik tuproqshunoslik O’rta Osiyo tuproqlarini geografik, ekologik va Ge- okimyoviy jihatdan o’rganish asosida ri- vojlandi (O’. Abdunazarov, H. Ma’sudov, L. Kamolov va b.). Biogeografiya. Biogeografik tadqiqotlar maktabining asoschilari zo- olog D. N. Kashkarov b-n botanik E. P. K o r o v i n D i r . O’zbekistonda biogeografik tadqiqotlar ayni vaktda ularning ikki asosiy tarmog’i — botanik geografiya va zoogeo- grafiya yo’nalishlarida ham shakllandi. 1920-40 y.larda o’lka o’simliklari va hayvonoti geografik-ekologik o’rganildi (M. P. Popov, R. I. Abolin, E. P. Korovin, P. A. Baranov, I. A. Raykova, M. M. Sovetkina, I. I. Granitov). O’zbekistonda botanik geografiyaning rivojlanishi va milliy ilmiy kadrlar- ni etishtirishda akad. K – 3. Zokirov va O’zbekiston FA ning muxbir a’zosi I. I. Granitov salmoqli hissa qo’shdilar. 1950-y.lardan boshlab o’simliklar Geo- grafiyasi, ekologiyasi va fiziologiyasi bo’yicha o’zbek botaniklaridan — M. M. Orifxonova, P. Q. Zokirov, X. M. Oxunovning ilmiy asarlari bosilib chiqdi. Shuningdek, botanik-geografik i. t.lar rivojiga D. K. Saidov, M. M. Na- biev, T. A. Odilov, O. X. Hasanov, A. I. Usmonov, O’. Pratov, S. S. Soatovlar ham muayyan hissa qo’shdilar. Hayvonlar geografiyasiga doyr tadqiqotlarni O’zbekistonda zooekolog D. N. Kashkarov va zoogeograf N. A. Bo- brinskiylar olib bordi. O’zbekiston zo- ogeografiyasining keyingi rivoji T. 3. Zohidov, I. I. Kolesnikov, R. N. Meklen- Bursev, H. Solihboev, G’. S. Sultonov, V. P. Kostin, G. I. Ishunin va b.ning ilmiy faoliyati b-n bog’liq. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya. Re- spublikada iqtisodiy va demogra-FIK tadqiqotlar 1920-y.lardan boshlangan. Iqtisodchi hamda geograflar g. N. Cher- dantsev, N. N. Kojanov, N. K. Yaroshevich, Yu. I. Poslavskiy, A. I. Golovin va b. iqtisodiy rayonlashtirishning nazariy va amaliy muammolari, O’rta Osiyo ishlab chiqaruvchi kuchlarini hududiy joylash- tirish hamda ri-vojlantirish masalala- ri, aholi va qishloq aholi turar joyla- rini mufassal o’rganish muammolari b-n sh u G’u l l a n D i l a r . 50-y.larda 3. M. Akramov, K. N.Bedrin- tsev, K. I. Lapkinlar q. x.ni iqtisodiy tahlil qildilar. 50-60-y.larda O’zbekistonning hududiy ishlab chiqaruvchi kuchlarini joylashti- rish, majmuali rivojlantirish, rayon- lashtirish hamda bashorat qilish uch aso- siy ilmiy yo’nalish — q. x. geografiyasi, Aholishunoslik, aholi geografiyasi va ijtimoiy geografiya yo’nalishlarida tadqiqotlar olib borildi. Iqtisodiy rayonlashtirish va majmuali iqtisodiy geografik tadqiqotlar. O’rta Osiyo va O’zbekistonni iqtisodiy rayon- lashtirish masalalariga 40-y.larda tosh- kentda yashagan geograf V. M. Chetirkin katta e’tibor berdi. Keyinchalik uning asosiy fikr va g’oyalari Z.M. Akramov, K. N. Bedrintsev, A. K. Bedrintsev, I. K. Narziqulov va b.ning ijodiy izlanish- larida ri-vojlantirildi. Respublika ishlab chiqaruvchi kuchlarini majmuali o’rganishga doyr yirik tadqiqotlar 1950-y.larda O’zbekiston FA ishlab chiqaruvchi kuchlarni o’rganish kengashi (SOPS) tomonidan boshlab be- rildi. Iktisodiy geografik va majmua- li geografik tadqiqotlarni olib bo- rishda 1958 y. tashkil etilgan O’zbekiston faning Geografiya bo’limi katta rol o’ynadi. Qishloq xo’jaligi geografiyasi. O’zbeki ston q. x.ni majmuali o’rganish va basho- rat qilish, tabiiy sharoit va resursla- riga q. x. nuqgai nazaridan baholashga doyr tadqiqotlar olib borildi (K. I. Lapkin). O’zbekistonning chorvachiligi- ni (q. A. Abirqulov), agrar-sanoat maj- muini (A. R. Ro’ziev va A. M. Sodiqov), Farg’ona vodiysining q. x.ni (o. Abdul- laev) o’rganish bo’yicha tadqiqotlar amal- ga oshirildi. O’zbekistan q. x.ni turli regionlar va tarmoqlar bo’yicha tashkil etish muammolari o’rganildi (R. A. Xodi- eV, T. E. Egamberdiev, T. Tojimov, S. S Saidkarimov, T. Jumasv, K. K. Qurbonov, Sh. Azimov, R. U. Usmonov). Aholishunoslik va aholi geografiyasi. Aholishunoslik muammolarini ilmiy o’rganish N. V. Smirnov, T. I. Raimov, O. B. Otamirzaev, A. S. Soliev, A.A. Qayumovlarning tadqiqotlarida o’z ifo- dasini topdi. 1960-y.larda Toshkent un-tining geogra- fiya i. t. bo’limida M. K. Qoraxonov rahbarligida majmuali Aholishunoslik muammolari turli yo’nalishlarda tadqiq etildi, ayni vaqtda qishloq joylarini o’rganish boshlandi (R. Valieva, G. R. Asa- Nov, E. Safarov). 1972 y. ToshDU da Aholishunoslik muam- molari i. t. laboratoriyasi ish boshladi. Yirik poytaxt shaharlar (T. I. Raimov, E. Toshbekov) va shahar aglomerasiyalari- ni (o. B. Otamirzaev, N. X. Mamatqulov) hamda umuman regiondagi aholi punktla- ri tizimlari, urbanizasiyaning rivoj- lanishini (T. I. Raimov, O. B. Otamirza – eV, A. S. Soliev, X. S. Salimov va b.) o’rganish ham geograflarning diqqat markazida bo’ldi. O’rta Osiyoda qishloq aholi turar joyla- rining shakllanishi, hududiy taqsimlanishi va rivojlanishi masala- lari tadqiq qilindi (g. R. Asanov, A. B. Botirov, A. A. Kayumov, T. D. Jumasv, T. Mallaboev, E. S. Safarov, M. Ya. Yangibo- eV va b.). Aholining migrasiyasi (S. N. Kononenko), tabiiy o’sishi (M. Bo’rieva, A. G’aniev), demografik rivojlanishi (A. Sa’dullaev) masalalari ham o’rganildi. Ijtimoiy geografiyaning ilmiy-nazariy asoslari ham tadqiq etilmoqda (A. A. Kayumov). Respublikada sanoat geografiyasi (S. Zokirov, N. Sul- tonov va b.), transport geografiyasi, mai- shiy xizmat geografiyasi, geoekologiya va ijtimoiy ekologiyaning iqtisodiy Geo- grafik jihatlari bo’yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Geografiya tarixi. O’rtaosiyolik o’rta asr geograflari va sayyohlari ilmiy merosi- ni o’rganish b-n H. H. Hasanov shug’ullandi. O’rta Osiyo tabiatini 17— 18-a.larda o’rganish tarixi b-n A. V. Pan- kov va R. L. Yugay shug’ullandilar. 19-a. ning 2-yarmidagi geografik tadqiqotlar tarixini A. A. Azatyan, 3. N. Donsova. N. I. Leonov, A. M. Ochilov o’rgandilar. O’rta Osiyoni 20-a.da geografik va ekolo- gik o’rganish tarixi masalalarini R. U. Rahimbekov o’rgandi. O’rta Osiyo geogra- fiyasi tarixining ayrim masalalari (I. Inog’omov, A. M. Ochilov, U. Obidov va b.) o’r g a n i l D i . Xaritagrafiya. O’rta Osiyo va O’zbekistonning umumiy geografik xari- talarini tuzish b-n geograf N. L. Korje- Nevskiy shug’ullandi. E. P. Korovin 1933 y. tuzib, «Urta Osiyo va Kozog’iston o’simliklari» monografiyasiga ilova qilgan geobotanik xarita muhim biogeo- grafik, ekologik va geografik ahamiyat kasb etdi. 1920-y.larda xaritagrafiya b-n R. I. Abolin, 1930-50 y.larda I. I. Gra- nitov shug’ullandi. 1940-50 y.larda O’zbekistonning geografik jihatdan muhim ahamiyatga molik tuproq va tuproq-iqlim xaritalari nashr etildi. 1960-y.larda «uz-Giprozem» in-ti ish- lab chiqarish hamda o’quv maqsadlarida 1:1000000 va 1:1500000 masshtabli 10 dan ortiq q. x. xaritasini va landshaft- lar xaritasini nashr etdi. Usha yillarda O’zbekiston barcha viloyatlarining tabiiy-o’lkashunoslik o’quv xaritalari chop etildi (T.M. Mirzaliev). O’zbekistan xaritagrafiyasining ilmiy markazlari O’zbekistan millim un- tining Geodeziya va xaritagrafiya kafe- drasi va O’zbekistan faning Seysmolo- giya i-ti tarkibidagi Geografiya bo’limidir. ToshDU xaritashunoslari (T. M. Mirzaliev, E. G. Brodskiy, A. E. Egamberdiev, L. M. Qo’ziboeva, L. G. So- lieva) tashabbusi va ishtirokida 1981 y. O’zbekistonning birinchi o’quv ma’lu- motnomali atlasi rus va o’zbek tillarida nashr etildi. Geografiya bo’limi 1981-2000 y.larda O’zbekistonning 70 bosma taboqdan ziyod akademik atlasi, Toshkent shahrining at- lasi, paxtachilik va tibbiy-geografiya atlaslari, «Turkiston — umumiy uyi- miz» albom atlasi, O’zbekistonning eko- logik xaritasidan tashqari tabiatii muhofaza qilish, cho’llashish va Land- shaft xaritalarini nashr qildi. L. X. G’ulomova xaritagrafik tadqiqotlarda kosmik usullardan foydalanish bo’yicha, M. Asomov, Sh. Buzrukov, A. Bozorboev, J. Koraboev, T. Qoraboevalar xaritagra- fiyaning turli yo’nalish va mavzulari bo’yicha tadqiqotlar olib bormoqdalar. Geografiya bo’limi respublika hududini majmuali tabiiy va ijtimoiy- iqtisodiy geografik o’rganish, tabiiy muhitni muhofaza qilish muammolari va tabiatiing inson ta’sirida o’zgarishini bashorat qilish, mavzuli va hududiy at- Las va xaritalar tuzish masalalari b-n shug’ullanadi. Bo’lim tarkibida o’lkani majmuali geografik bashoratlash, atrof muhit muhofazasi, xaritagrafiya va ma- sofadan tadqiq etish lab.lari faoliyat ko’rsatmoqaa. Bo’limda hozirgacha 8 ta doktorlik va 50 dan ziyod fan nomzodligi dissertasiyalari himoya qilindi. Bo’lim Rossiya, Xitoy, Frantsiya, Germaniya va MDH davlatlari FA larining i. t. muas- sasalari b-n ijodiy hamkorlik qilmoqda. O’zbekistonda geografik tadqiqot ishlari va geograf kadrlar tay- yorlash ishlari b-n Mirzo Ulug’bek nomi- dagi O’zbekiston millim un-ti, Alisher Navoiy nomidagi Samarkand davlat un- ti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat ped. un-ti, viloyat un-tlari shug’ullanadi. Amaliy geografiya hoz. zamon geografik tadqiqot yo’nalishlaridan biri. Asosiy maqsadi geografik ilmiy va amaliy bi- limlarni yanada chuqurroq taxlil qilish, tabiat va jamiyatdagi mavjud hamda Vu- judga kelayotgan turli tabiiy-geogra- FIK, geoekologik hamda ijtimoiy va iqtisodiy-geografik muammolarni hal qilishdan iborat. Bu soha tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy geogr. hamda xari- tagrafiya fanlariga tegishli. Yana q. Amaliy geografiya. Geografiya ta’limi. O’zbekistan hududida G. 18-19-a.larda madrasalarda umumiy holda, 19-a.ning 80-y.larida rus-tuzem maktablarida, 1900 y.dan yangi usul MAK- tablarida dastur bo’yicha o’qitildi. 19-a. 90-y.laridan g.dan birinchi o’quv qo’llanmasi — «er xususida ilmdan olingan so’zlar» o’zbek tilida nashr etil- Di. 1880-y.larda Hoji Yusuf Hay’atiy (1842-1924) geografik globus yasadi. 1905 y.da yangi usul maktablari uchun «Turkiston va unga yondosh mamlakatlar- ning xaritasi» nashr qilindi. 20-a.da Turkistonda geografiya ta’limi rivojlandi. M. Behbudiyning «Qisqacha umumiy geografiya» (1902), «aholi Geo- grafiyasiga kirish» (1903), Fotih ka- Rimning «Geografiya» (1914), Muhammad Aminkarimiyning «Jugrofiyai Riyoziy» (1914), Munavvarqori Abdurashidxon o’g’lining «er yuzi» (1915), N.I. Bala- shovning «Turkiston geografiya o’qumligi» (1922) darsliklari nashr etildi. 1930 y.dan 1990 y.gacha umumiy ta’lim maktablari- da faqat O’zbekiston tabiiy va iqtisodiy geogr.si mahalliy mualliflar yozgan darslik va qo’llanmalar asosida o’qitildi. G.ni o’qitish metodikasi bo’yicha o’quv qo’llanmalari, darsliklari nashr qilindi. G.ga oid o. Ibrohimovning «Geografiya terminlari» (1935), M. Bek- Temirov va Saidrasulovning «qisqacha ruscha-O’zbekcha geografiya terminlari lug’ati» (1940), N, Dolimov va b.ning «Geografik terminlarning qisqacha ruscha-O’zbekcha lug’ati» (1953), H.H. Hasanovning «geografik terminlar lug’ati» (1964), S. Qoraev, P. G’ulomov, R. Rahimbekovning «geografik terminlar va tushunchalar izohli lug’ati» (1979) yaratildi. Bu davrda oliy geog. ta’limi ham ancha rivojlandi. davlat un-tlari va pedagogika in-tlarida g. f-tlari Ochil- Di. Oliy maktablar uchun g.dan darslik va o’quv qo’llanmalari o’zbek tiliga tar- jima qilindi hamda yangilari yozildi. G. ta’limining yangi davlat standarti, o’quv dasturlari ishlab chiqildi. Bir qancha yangi darsliklar, o’quv qo’llanmalari, geografik terminlar lug’ati va xaritalar yaratildi. Ad.: Preobrajenskiy V. S. i dr., Geogra- fiya v menyayutshemsya mire. Vek XX. M., 1997, 274 s; Hasanov H., O’rtaosiyolik Ge- ograf va sayyohlar, T., 1964; Qoriev M., O’rta Osiyo tabiiy geografiney, 2-nashr, T., 1968. Ziyovuddin Akramov, Asomiddin Rafi- sov, Shuhrat Azimov.