Geokimyo

Geokimyo – Yerning kimyoviy tarkibi, kimyoviy elementlarning paydo bo`lishi, tarqalishi va bir joydan ikkinchi joyga ko`chib yurish qonuniyatlarini o`rganadigan fan. Geokimyo geologiya fanining bir qismidir. Kimyoviy elementlarning yer po`stidagi turli tarkibli tog` jinslarida tarqalishi yer sharining o`rtacha kimyoviy tarkibidan katta farq qiladi. Tog` jinslaridagi kimyoviy elementlarning o`rtacha miqdori (klark)ni aniqlash, yer osti foydali qazilmalarini izlab topishda katta ahamiyatga ega.